Ushbu kursda “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani bo’yicha O’zbekiston Respublikasida aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlashga oid qabul qilingan huquqiy-meyoriy hujjatlar-tabiiy, texnogen, ekologik va ijtimoiy tusga ega bo’lgan favqulodda vaziyatlarning inson hayotiy faoliyati, atrof muhitga ko’rsatadigan salbiy ta’siri, ularning oldini olishga  qaratilgan chora-tadbirlar,  himoya vositalari, tirli vaziyatlarda harakatlanish qoidalari, turli xavfli holatlarda va shikastlanishlarda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish qoidalari, sog’lom turmush tarzi asoslari masalalarini qamrab olgan.        Favqulodda vaziyatlar yuz berganda, turli tez yordam ko’rsatishni talab qiladigan holatlarda shoshilinch yordam ko’rsatishni, yuqumli kasalliklarni oldini olish va ularga qarshi kurashish choralariga alohida etibor qaratilgan.